Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






20 noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
20.11.2016 15:32,  
201

Sof.uz nashri ijodkorlari har bir sanada sodir bo‘lgan eng muhim tarixiy hodisalar bilan tanishtirishda davom etadi. 20 noyabr Grigorian taqvimi bo‘yicha yilning 325 kuni. Ushbu sana bilan bog‘liq hodisalar bilan tanishing:

- 270 yil — Rim imperatori Gay Yuliy Ver Maksimin tug‘ildi;
- 284  yil —  Diokletian Rim imperatori bo‘ldi;
- 1695 yil — Braziliyadagi Quilombo dos Palmeras qabilasining oxirgi hukmdori portugaliyaliklar tomonidan qatl qilindi;
- 1910 yil — Meksika inqilobi boshlandi;
- 1910 yil — rus yozuvchisi Lev Nikolayevich Tolstoy vafot etdi;
- 1917 yil — Ukraina Respublikasi tashkil topdi;
- 1940 yil — Vengriya Ikkinchi jahon urushida fashistik blokka qo‘shildi;
- 1942 yil — AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden tug‘ilgan;
- 1945 yil — Germaniyada 24 nafar urush aybdorlari ustidan Nyuremberg sud jarayonlari boshlandi;
- 1959 yil — Birlashgan Millatlarar Tashkiloti  Bosh Assambleyasi "Bola Huquqlari to‘g‘risida"gi deklaratsiyani qabul qildi;
- 1962 yil — Karib inqirozi tugadi;
- 1969 yil — Amerika hindulari Alkatras orolini egalladi;
- 1975 yil — Ispaniya diktatori Franko vafot etdi;
- 1977 yil — Misr prezidenti Anvar Sadat Isroilga tashrif buyurgan ilk arab davlati rahbariga aylandi;
- 1979 yil — 200 nafar isyonchi Makka shahridagi Masjidul Haromda 6 mingga yaqin ziyoratchini garovga oldi;
- 1985 yil — Microsoft Windows 1.0 operatsion tizimi ishga tushirildi;
- 1989 yil — Pragada Baxmal Inqilobi boshlandi;
- 1994 yil — Angola hukumati isyonchilar bilan fuqarolar urushini tugatish bo‘yicha bitim imzoladi.

Shuningdek, 20 noyabr sanasida quyidagi bayramlar nishonlanadi:

- Argentinada Milliy Suverenitet kuni;
- Afrikani sanoatlashtirish kuni;
- Meksika inqilobi kuni;
- Vetnamda O‘qituvchilar kuni;
- Xalqaro Bolalar kuni;
- Buyuk Britaniyada Qirolichaning to‘yi kuni.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан