Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2000 yevro mukofot beriladigan O‘zbekiston-Yevropa jurnalistik tanloviga marhamat!
26.08.2020 21:49,  
70

Joriy yilning 25 avgust kuni Bryussel xalqaro press-klubi tomonidan  "O‘zbekiston haqida eng yaxshi maqola" uchun xalqaro press-klublar tarmog‘iga a’zo bo‘lgan yevropalik jurnalistlar o‘rtasida yangi tanlov e’lon qilindi.

Ushbu loyiha Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Belgiya Qirolligidagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi.

Loyihada dunyo hamjamiyatiga O‘zbekiston to‘g‘risida ishonchli ma’lumotlar taqdim etilishi, amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, investorlarni qo‘llab-quvvatlash choralari, integratsiya jarayonlarini rivojlantirish, inqiroz davrida biznesni qo‘llab-quvvatlash, to‘qimachilik sektori va O‘zbekistonning turizm sohasidagi ijobiy imidji taqdim etilgan.

Kim ishtirok etishi mumkin?

Yevropa ommaviy axborot vositalarida (Yevropa Ittifoqining 27 mamlakati, Buyuk Britaniya, Shveysariya va Norvegiya) ishlaydigan jurnalistlar ishtirok etishi mumkin. 1 avgustdan 15 oktyabrgacha internetda, gazetalarda yoki jurnallarda chop etilgan maqolalar ishtirok etish huquqiga ega. Bular alohida maqola yoki bir mavzuga bag‘ishlangan maqolalar turkumidan iborat bo‘lishi mumkin. Mazkur talab televideniye va radio kabi ommaviy axborot vositalarida tayyorlangan materiallarga ham taaluqli.

Qayerga murojaat qilish kerak?

Maqolaning asl nusxasini [email protected] pochtasi orqali 2020 yil 15 oktyabrgacha ingliz tilida yuborish mumkin. Agar maqola ingliz tilida yozilmagan bo‘lsa, muallif tarjima sifati uchun javobgardir.

G‘olib qanday aniqlanadi?

Mustaqil hakamlar hay’ati baholash mezoni sifatida materialning ob’yektiv yoritilganligiga katta e’tibor qaratadi. Unda: faktlarni tekshirish, taklif va raqamlarni yoritishdagi aniqlik, shaxslarning xolis baholariga asoslangan hikoyalarning qiziqarligi va albatta, o‘quvchida O‘zbekistonga qiziqish uyg‘ota oladigan mavzularni o‘ziga xos uslubda yoritilganligi.

Arizalarni topshirish muddati: 2020 yil 1 avgust - 15 oktyabrga qadar. Mukofot: 2 000 yevro.

Hakamlar hay’ati press-klub a’zolari tarkibidagi taniqli jurnalistlar, ekspertlar bo‘lib, ular tanlov g‘olibiga mukofotni belgilaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан