Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2017 yilning iyulidan beri birinchi marta Brent markasidagi neft narxi $50 ga tushdi
28.02.2020 17:48,  
77

ICE London birjasida Brent markasidagi neftning may oyidagi fyucherslar narxi 4,25 foizga pasayib, bir barreli uchun 49,62 dollarni tashkil etdi. So‘nggi marta, Brent ning narxi 50 dollardan pastga 2017 yil iyulida tushgan edi.

Birja savdosida WTI fyucherslarining apreldagi narxi 4,5 foizga pasayib, bir barrel uchun 44,95 dollarni tashkil qildi. Bu 2019 yil yanvaridan beri minimal narxdir.

Bugun savdoning ochilishida Moskva birjasi va RTS indekslari mos ravishda 4,1 va 4,7 foizga tushdi. Soat 12:59 da Mosbirja indeksi 2771,57 punktni, RTS esa - 1294,5 punktni tashkil etdi.

Ushbu tushish Xitoy koronavirusining ta’siri tufayli global iqtisodiyotning pasayish xavfi ostida paydo bo‘ldi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан