Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2018 yilda 1 907 nafar mansabdor jinoiy javobgarlikka tortilgan, 203 nafari pora bilan qo‘lga tushgan
18.06.2019 10:24,  
11

2018 yilda 1 907 (2019 yilda — 284) nafar mansabdor shaxs turli ko‘rinishdagi mansabdorlik jinoyatlari uchun, shu jumladan, 203 nafari poraxo‘rlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan. Shundan 48 nafarini — respublika miqyosidagi vazirliklar va idoralar hamda 191 nafarini — viloyat darajasidagi idora vakillari tashkil etadi. Bugun Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev bilan o‘tgan uchrashuvda bu haqda ma’lum qilindi.

Javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan korrupsion jinoyatlarning 2,7 mingtasini — o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish tashkil etadi.

Poraxo‘rlik — 551 ta, mansab vakolatini suiiste’mol qilish — 368 ta, mansab soxtakorligi — 111, mansabga sovuqqonlik bilan qarashga oid 100 ta jinoyat aniqlangan.

Tergov va tergovga qadar tekshirish harakatlari davomida qabul qilingan ichki ishlar organlarining 73 ta, prokuratura organlarining 18 ta qarori bekor qilindi. Besh nafar shaxsga nisbatan tergov harakatlari jarayonida qo‘llanilgan “qamoq” ehtiyot choralari bekor qilinib, ozodlikka chiqarilib, yengilroq turdagi ehtiyot choralari tanlandi.

Jinoyatchilikning kamayish dinamikasi bo‘yicha O‘zbekiston MDH davlatlari orasida yetakchilik qilmoqda.

2018 yil yakuni bo‘yicha mamlakatimizda har 100 ming aholiga 150 ta jinoyat to‘g‘ri kelgan. Bu raqam MDH davlatlari bo‘yicha o‘rtacha 1,052 tani tashkil qilgan. Joriy yil 1-choragida ham O‘zbekiston bu borada yetakchilik qilmoqda. Masalan, har 100 ming aholiga mamlakatimizda 20 ta jinoyat to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, MDH davlatlari bo‘yicha o‘rtacha 268 ta.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан