Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2018 yilning eng yaxshi blogeri Adliya vaziriga maslahatchi bo‘ldi
21.02.2020 11:11,  
1216

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Shaxnoza Mirzaraximovna Soatova Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha vazir maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Sh.Soatova 1977 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, 1999 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan, mutaxassisligi – filolog. 2018 yilgi Blogerlar chempionati g‘olibi.

Sh.Soatova ushbu lavozimga tayinlangunga qadar vazirlikning Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat boshqarmasi bosh maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.

Ma’lumot uchun: davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

•  vazirlikda ma’naviy-ma’rifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlari hamda dasturlarning ijrosini tashkil etadi;

•  ma’naviy-ma’rifiy sohaga va davlat tiliga oid qonun hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishini tanqidiy o‘rganadi, bu borada aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘radi;

•  davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etadi;

•  ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda davlat tilini rivojlantirishga oid qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

•  xodimlarga davlat tilini chuqur o‘rganishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi hamda davlat tilini keng targ‘ib qilish va rivojlantirish choralarini ko‘radi;

•  hududlardagi barcha tashqi yozuvlar, shu jumladan lavhalar, e’lonlar, reklama va ko‘rgazmali boshqa axborot matnlari, tashqi reklama materiallarining davlat tili va reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lishini ta’minlashda ishtirok etadi;

•  davlat tilini rivojlantirishga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini qo‘llab-quvvatlash, ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni iste’molga kiritish, zamonaviy atamalarning o‘zbekona muqobillarini yaratish bo‘yicha takliflar kiritadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан