Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2019 yil 1 iyunga qadar barcha tarbiya muassasalariga videokuzatuv kameralari o‘rnatiladi
12.02.2019 13:06,  
6

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 fevraldagi «Yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori bilan yetim bolalar va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni himoya qilishni kuchaytirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.

Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oilaviy vasiylik va homiylikning turli shakllarini yaratishga ko‘maklashadi. Shuningdek, 2019 yil 1 iyunga qadar «Mehribonlik» uylari, bolalar shaharchalari va bolalar uylarining hududlari va xonalari videokuzatuv kameralari bilan jihozlanishini ta’minlaydi. Videoyozuvlar maxsus arxivda kamida bir oy davomida saqlanishi nazarda tutiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi «Mehribonlik» uylari, bolalar shaharchalari va bolalar uylaridagi videokuzatuv kameralarining texnik sozligi va uzluksiz ishlashini, keyinchalik ularni O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida arxivlashtirishni ta’minlaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан