Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2019 yilda 220 trln so‘mlik sarmoya jalb qilindi — rejadagidan ikki karra ko‘proq
24.04.2020 05:37,  
104

2019 yilda o‘zlashtirilgan sarioyalar hajmi 220,7 trln. so‘mni tashkil etdi va bu yil uchun prognoz qilingan ko‘rsatkichlardan 2 baravar ko‘pdir. Bu haqda investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hisobotida ma’lum qilindi

Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 189,9 trln. so‘mni tashkil etdi va 2018 yildagi shu ko‘rsatkichga nisbatan 1,3 baravar o‘sdi.

YaIM tarkibidagi asosiy kapitalga investitsiyalar hajmining ulushi 2018 yildagi 30% dan 2019 yilda 36,2% gacha o‘sdi va o‘tgan yil yakunlari bo‘yicha YaIM tarkibidagi investitsiyalar umumiy hajmining ulushi 42,1% ni tashkil etdi.

Asosiy xorijiy sheriklar - Xitoy, Rossiya va Germaniya. Iqtisodiyotga investitsiya kiritayotgan mamlakatlarning umumiy soni 50 dan oshdi, buning natijasida yirik investitsiya kirituvchi mamlakatlarning ulushi to‘g‘ridan-to‘g‘ri jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va kreditlar hajmining 34%igacha tushdi.

Prezidentning 2020 yil 9 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan investitsiya dasturiga muvofiq asosiy kapitalga investitsiyalarni o‘zlashtirish 233,2 trln. so‘m miqdorida prognoz qilinmoqda, shundan to‘g‘ridan-to‘g‘ri - 7,1 mlrd. dollar, davlat kafolati ostidagi investitsiyalar va kreditlar - $ 2,7 mlrd.

2020 yilda 2 mingdan ortiq ijtimoiy, infratuzilma va sanoat ob’yektlari: 206 ta yangi ishlab chiqarish ob’yekti, 240 ta mintaqaviy ishlab chiqarish ob’yekti va 1,6 mingta ijtimoiy va infratuzilma ob’yektlari foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir:

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан