Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2019 yilda qaysi viloyatga eng katta ipoteka krediti ajratildi?
22.11.2019 18:34,  
825

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2019 yilning dastlabki 10 oyi davomida jismoniy shaxslarga ajratilgan ipoteka kreditlar miqdori ma’lum qilindi.

Joriy yilning yanvar-oktyabr oylari mobaynida tijorat banklari tomonidan 41 ming nafar jismoniy shaxslarga 5,9 trillion so‘m miqdorida ipoteka kredit ajratilgan. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan (3,7 trln. so‘m) 37 foizga ko‘pdir.

cb.uz

Mazkur davr mobaynida ajratilgan ipoteka kreditlarining eng yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari Toshkent shahri (698 %), Qoraqalpog‘iston Respublikasi (320 %), Surxondaryo viloyati (375 %), Toshkent viloyati (287 %), Qashqadaryo (179 %) viloyatlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.Ushbu viloyatlar aholisi shu yilning oktyabr oyiga qadar 3,35 trillion so‘m (56,8 %) to‘g‘ri keladi.

Ajratilgan ipoteka kreditlarining 99,0 foizi (5 848 mlrd. so‘m) birlamchi bozorga, 1,0 foizi (61,0 mlrd. so‘m) ikkilamchi bozorga yo‘naltirilgan.

cb.uz

Ipoteka kreditlar tarkibida imtiyozli asosda yillik 7-16 foizlarda ajratilgan kreditlar ulushi 82 foizni, 17-20 foizlarda 14,1 foizni, 20 dan yuqori foizlarda ajratilgan kreditlar ulushi esa 3,9 foizni tashkil qiladi.

cb.uz

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан