Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2019 yilda ombudsmanga tergovda qonunlarga amal qilmaslik yuzasidan 2 ming martaga yaqin murojaat qilingan
25.02.2020 15:51,  
177

2019 yilda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga jinoyat ishlarini tergov va ko‘rib chiqish jarayonida qonun hujjatlari talablariga to‘liq amal qilmaslik holatlari bo‘yicha 1923 ta murojaatlar kelib tushgan. Bu shaxsiy huquq va erkinliklarni amalga oshirish masalasi bo‘yicha kelgan murojaatlarning 39 foizini tashkil etadi.

Ushbu ma’lumotlar Ombudsmanning 2019 yildagi faoliyati bo‘yicha hisobotiga bag‘ishlangan “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi yig‘ilishida aytib o‘tildi.

Yig‘ilishda hisobot bergan Ombudsman Ulug‘bek Muhammadiyev Inson huquqlarini yanada samarali ta’minlash va sohani isloh etish etish maqsadida prokuratura, ichki ishlar va davlat xavfsizlik xizmati tizimidagi tergov idoralarini birlashtirish hamda yagona tergov organini tashkil etish taklifini bildirdi. U “Adolat” SDP saylovoldi dasturida ham ilgari surilgan yagona tergov organini tashkil etish tashabbusi to‘liq qo‘llab-quvvatlashini hamda va bu bo‘yicha hamkorlikda ishlashini, ushbu taklif to‘la hayotiy va amaliyotdan kelib chiqqan holda bildirilganini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili manziliga kelib tushayotgan aksariyat murojaatlarda jinoyatlar va huquqbuzarliklarni tergov qiluvchi mansabdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasining jinoyat va jinoyat-protsessual qonun hujjatlari normalarini ba’zi hollarda talab darajasida qo‘llamasligi ochiqlangan.  Jumladan, unda fuqarolarni ushlab turish, himoya huquqidan foydalanish, ularni so‘roq qilish, tintuv o‘tkazish, ashyoviy dalillarni olib qo‘yish, ularga nisbatan ayblov e’lon qilish, dalillar yig‘ish holatlari misol qilib keltirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан