Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2019 yilda O‘zbekiston nechta davlat bilan savdo qildi?
17.01.2020 18:53,  
248

Avval xabar qilganimizdek, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi O‘zbekiston tashqi savdo faoliyatining 2019 yil yakunlarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, 2019 yil yakunida O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasi 42,2 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,3 mlrd dollarga o‘sdi (o‘sish sur’ati – 26,2%).

MAVZUGA DOIR: O‘zbekiston 2019 yilda eng ko‘p nimalarni eksport qildi?

Mahalliy tovarlar va xizmatlarning xorijiy mamlakatlarga eksporti 2018 yilga nisbatan 3,9 mlrd dollarga yoki 15%ga o‘sdi va 17,9 mlrd dollarni tashkil etdi.

Respublika import ko‘rsatkichi hisobot davrida 4,8 mlrd dollarga o‘sib, 24,3 mlrd dollarga yetdi, bu esa 2018 yilga nisbatan 25 %ga ko‘pdir.

O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo hamkorlari soni hisobot davrida 178 tani tashkil etdi.

MAVZUGA DOIR: 2019 yilda O‘zbekiston importi 25 foizga o‘sdi. Nimalar sotib oldik?

Ayni paytda Xitoy (7,6 mlrd dollar yoki 18,1%), Rossiya (6,6 mlrd dollar yoki 15,7%), Qozog‘iston (3,3 mlrd dollar yoki 8%), Koreya Respublikasi (2,7 mlrd dollar yoki 6,5%), Turkiya (2,5 mlrd dollar yoki 6%), Germaniya (980 mln dollar yoki 2,3%), Qirg‘iziston (829 mln dollar yoki 2%), Afg‘oniston (618 mln dollar yoki 1,5%) va AQSh (596 mln dollar yoki 1.4%) tovar aylanmasi bo‘yicha yetakchilar hisoblanadilar.

2019 yil yanvar-dekabr oylarida MDH mamlakatlari bilan savdo hajmi 12,2 mlrd dollarni tashkil etib, bu o‘tgan yilga nisbatan 20%ga ko‘proqdir. Shu nuqtai nazardan Rossiya (MDH mamlakatlari bilan umumiy savdoning 54%), Qozog‘iston (27%), Qirg‘iziston (6,7%), Turkmaniston (4,4%) asosiy savdo sheriklar hisoblanadi.

Shuningdek, qo‘shni davlatlar bilan tashqi savdo hajmi sezilarli darajada o‘sib, 5,8 mlrd dollarni tashkil etdi (2018 yilga nisbatan 25%ga o‘sdi), bunda eksport qariyb 3,2 mlrd dollarni va import 2,6 mlrd dollarni tashkil etdi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20ta yirik hamkor davlatlar orasida 5ta mamlakat — Qirg‘iziston, Afg‘oniston, Tojikiston, Eron va Fransiya bilan tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi kuzatilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан