Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2019-yilda poraxo‘rlik jinoyatlari 2017-yilga nisbatan 53 foizga kamayishiga erishilgan
7.01.2021 17:21,  
62

AOKAdagi matbuot anjumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori o‘rinbosari Umida To‘xtasheva quyidagilarni ma’lum qildi: «2019 yilda mansabdorlik bilan bog‘liq jinoyatlar 2017 yilga nisbatan 60 foizga, poraxo‘rlik jinoyatlari esa 53 foizga kamayishiga erishilgan. Hozir vaziyat shuni taqozo etyaptiki, jamiyatda korrupsiya ko‘lamini keskin kamaytirish va unga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida aholini jalb qilish kerak. Aholining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faolligini yanada oshirish zarur. Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyat haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish haqidagi Nizom ishlab chiqilishi davrida turli davlatlarning, xususan AQSH, Kanada, Koreya, Ruminya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston tajribasi o‘rganilgan. Bu mamlakatlarning qonunchiligida korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmi sifatida aynan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish belgilangan. O‘zbekiston uchun bunday amaliyot begona emas. 2017 yildagi Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda 326 nafar fuqarodan 100 nafari 78 million so‘mdan ortiq pul mukofoti bilan rag‘batlantirilgan.Ammo mazkur qaror asosida korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslar rag‘batlantirilmagan, shuningdek, davlat xizmatchilarini rag‘batlantirish nazarda tutilmagan».

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан