Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2019 yilda Toshkent shahriga qancha sayyoh tashrif buyurdi? 
9.11.2019 16:12,  
250

2019 yilning yanvar oyidan oktyabr oyigacha bo‘lgan davr ichida Toshkentga sayyohlar oqimi 42% ga o‘sdi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2018 yilning yanvar-oktyabr oylarida Toshkentga 350 009 sayyoh tashrif buyurgan bo‘lsa, 2019 yilning xuddi shu davrida ushbu ko‘rsatkich 498 731 nafarga yetdi.

“O‘rtacha hisobda sayyohlar Toshkentda 2 kunga qolishadi, lekin hozir departament ularning Toshkentda 3-4 kun qolishi uchun harakat qilmoqda. Buning uchun hokimlik yangi turistik yo‘nalishlarni ishlab chiqmoqda hamda turistik tashkilot va operatorlarga Toshkentni o‘z marshrutlariga kiritishni har oy taklif qilib bormoqda” – deb xabar beradi Toshkent shahar turizmni rivojlantirish departamenti mutasaddilari.

Toshkentga sayyohlar oqimi oshib borishiga nima sabab bo‘ldi?

Bu borada, O‘zbekistonda turizm sohasini takomillashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibini buzganlik uchun jinoiy jazo ma’muriy javobgarlikka almashtirildi. Poytaxt ko‘chalarida turistik politsiya paydo bo‘ldi.

Shuningdek, tarixiy ob’yektlar qoshida an’anaviy milliy buyumlardan boshqa narsalarni sotishga taqiq kiritildi. Shu tariqa Xitoyning “shaqildoqlari” tarixiy inshootlarning an’anaviy ruhini buzmaydi.

Bundan tashqari, sayyohlar uchun mehmonxonalarda o‘rinlar yetishmovchiligi muammosi ham tezkorlik bilan bartaraf etilmoqda.

Eng muhim islohotlardan biri, fuqarolar O‘zbekistonga vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan davlatlarning ro‘yxati kengaydi. 2020 yildan bunday davlatlarning umumiy soni 86 tani tashkil qiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан