Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2019 yili O‘zbekistonga qancha xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi?
27.02.2020 14:30,  
152

2020 yilning 27 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 13 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5781-sonli Farmonida belgilangan topshiriqlar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi. 

Unda ta’kidlanishicha, O‘zbekistonga kelgan xorijiy sayyohlar soni 2019 yilda 2018 yilga nisbatan 26 foizga o‘sib, 6,7 million nafarga yetdi (2018 yil 5,3 mln.). O‘z navbatida turizm xizmatlari eksporti 26 foizga o‘sib, 1,3 mlrd AQSh dollariga yetdi (2018 yil 1 mlrd dollar).

2019 yil davomida 6 ming xonalar fondiga ega 274 joylashtirish vositalari qurildi va joylashtirish vositalarining umumiy soni 26,1 ming xona fondi bilan 1188 taga yetdi. Ahamiyatlisi, 2017-2018 yillarda joylashtirish vositalarining o‘sish surati 4-9 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2019 yili 30 foizni tashkil qildi;

2019 yil davomida 499 yangi turoperator faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularning umumiy soni 1482 taga yetdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан