Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2020-2021 o‘quv yilida maktab darsliklari uchun ijara to‘lovi miqdorlari belgilandi
24.09.2020 10:35,  
5754

Darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovlarini hisoblash tizimini soddalashtirish va ota-onalarga qulayliklar yaratish maqsadida 2020-2021 o‘quv yilidan boshlab, bir dona darslik yoki mashq daftari uchun yagona ijara to‘lovi - 2200 so‘m miqdorida joriy qilindi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi xabar berdi.

To‘plam tarkibidagi darsliklar va mashq daftarlari sonidan kelib chiqib, sinflar va ta’lim tillari kesimida ijara to‘lovi miqdorlari belgilandi.

Darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovini amalga oshirish muddati 10 oktyabrgacha uzaytirildi. Yoki ota-onalarda mazkur to‘lovni amalga oshirish bilan bog‘liq muammo mavjud bo‘lsa, ijara to‘lovi muddatini uzaytirish ham mumkin. Bunda mazkur to‘lovning 50 foizi 10 oktyabrgacha, qolgan qismi esa 30 noyabrgacha to‘lanadi.

Darsliklar to‘plamlari to‘liq berilmagan holatlarda ota-onalar Qoraqarpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasining quyidagi keltirilgan ishonch telefonlariga murojaat qilishlari mumkin.

Ishonch telefonlari
Ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablar uchun

2-sinf

O‘zbek, rus tillarida - 12 ta darslik - 26400 so‘m

Qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman tillarida - 13 ta darslik - 28600 so‘m

3-sinf

O‘zbek, rus - 11 - 24200 so‘m

Qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman - 12 - 26400 so‘m

4-sinf

O‘zbek, rus - 11 - 24200 so‘m

Qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman - 12 - 26400 so‘m

5-sinf

O‘zbek, rus - 13 - 28600 so‘m

Qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman - 14 - 30800 so‘m

6-sinf

O‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman - 15 - 33000 so‘m

7-sinf

O‘zbek, rus - 17 - 37400 so‘m

Qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman - 18 - 39600 so‘m

8-sinf

O‘zbek - 18 - 39600 so‘m

Qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman - 19 - 41800 so‘m

9-sinf

O‘zbek - 17 - 37400 so‘m

Qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman - 18 - 39600 so‘m

10-sinf

O‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman - 18 - 39600 so‘m

11-sinf

O‘zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, qirg‘iz, tojik, turkman - 20 - 44000 so‘m

Eslatib o‘tamiz, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan oilalardagi o‘quvchilarni umumta’lim maktab kutubxona jamg‘armasi tomonidan darsliklar to‘plami bilan bepul ta’minlash tartibi o‘rnatilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан