Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2020 yil eng ko‘p byudjet pulini talon-toroj qilgan hokimlik aniqlandi
13.01.2021 13:45,  
1457

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2020 yilda byudjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan nazorat ishlari to‘g‘risida ma’lumotlari e’lon qilindi.

Mahalliy byudjetlar mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 175,3 mlrd so‘m miqdorida kamomad va qonunbuzilishi holatlari aniqlangan. Byudjet pullarini eng ko‘p asossiz va kamchiliklar bilan sarflagan hokimliklar orasida Qashqadaryo yetakchi bo‘lib turibdi’- deb yozmoqda Qalampir.uz

Qashqadaryo (26,1 mlrd so‘m), Andijon (19,8 mlrd so‘m), Surxondaryo (16,5 mlrd so‘m), Farg‘ona (14,4 mlrd so‘m), Toshkent (13,2 mlrd so‘m), Jizzax (13 mlrd so‘m), Samarqand (13 mlrd so‘m), Sirdaryo (12,9 mlrd so‘m), Namangan (12 mlrd so‘m), Xorazm (6 mlrd so‘m), Buxoro (3,6 mlrd so‘m), Navoiy (2,4 mlrd so‘m) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (13,8 mlrd so‘m) va Qoraqalpog‘iston Respublikasida (8,1 mlrd so‘m) qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan.

Mahalliy byudjetlar mablag‘larini maqsadli sarflanishida aniqlangan qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar dinamikasi:

Shuni ta’kidlash joizki, 2020 yilda byudjet muassasalarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 54,5 mlrd so‘m miqdorida naqd pul mablag‘larini o‘zlashtirish (bankdan olingan naqd pulni tashkilot g‘aznasiga kirim qilinmasligi, ishlamagan shaxslarga ish haqi hisoblanib, to‘lanishi va boshqalar) holatlari aniqlangan bo‘lib, ushbu qonun buzilishi holatlari o‘tgan yil (2019 yilda – 7,2 mlrd so‘m)ga nisbatan 7,5 martaga ko‘paygan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан