Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2020 yil uchun rivojlanayotgan eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlari. O‘zbekiston nechanchi o‘rinda? (foto)
8.11.2019 18:28,  
571

2020 yil uchun rivojlanayotgan eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishlari nomi e’lon qilindi. Ro‘yxat travellemming.com sayti tomonidan tuzilgan.

1. Gruziya

Kavkaz tog‘larida orasida joylashgan Gruziya so‘lim tabiati bilan sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. Tbilisining Bohemiya eski shahar qismidagi piyoda sayr sizga xuddi Pragadagi kabi zavq bag‘ishlaydi. Qo‘shimchasiga Yevropa yoki janubi-sharqiy Osiyoning qimmat turistik joylariga nisbatan Gruziya sayohat qilish uchun hamyonbop joy hisoblanadi.

2. Yangi Shotlandiya (Nova Scotia)

Atlantika okeani sohillarida joylashgan Yangi Shotlandiya Kanadaning dengiz bo‘yi provinsiyalaridan biri. Sayyohlar bilan to‘lib toshgan Maldiv orollari yoki Balida dam olgingiz kelmasa, Yangi Shotlandiya aynan siz uchun. Shuningdek, dunyoning eng baland to‘lqinlarda syorfing uchishga nima deysiz?! Agar javobingiz ha bo‘lsa, unda 13 ming kilometrlik dengiz qirg‘og‘i sizga muntazir!

3. Kuk orollari

Tinch okeani sohillarida, Okeaniya mintaqasida joylashgan bu Britaniya hamdo‘stligi tarkibiga kiruvchi mamlakat hisoblanadi. Bu yerda ham plyajlar, sohil bo‘yi turizmi taraqqiy topgan. Zamonaviy g‘arbona madaniyat hamda qisman poleineziyacha madaniyat ham sizni befarq qoldirmaydi degan o‘ylaymiz.

4.Ruanda

Ruandaning sayyohlik sahnasi dunyodagi eng ajoyib tog‘ gorillasi bilan yuzma-yuz ko‘rishish imkoniyatini berish bilan mashhur. Ruanda tabiatiga bo‘lgan sayohat faqatgina maymunlar bilan cheklanib qolmaydi: Akarega milliy bog‘i, Vulqonlar milliy bog‘i jungliga qilinadigan safarlar kishida unutilmas taassurot qoldiradi.

5. Qirg‘iziston

Qo‘shni Qirg‘iziston Osiyoning rivojlanayotgan eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi deb topildi. Qirg‘iziston shimoliga iyundan sentyabrgacha, janubiy Qirg‘izistonga esa mart oyidan oktyabrgacha sayohat qilish tavsiya qilinadi. Ala Archa milliy bog‘i hamda Issiqko‘l allaqachon chet ellarda ham mashhur bo‘lishga ulgurgan.

6. Ekvador

Lotin Amerikasidagi bu mamlakatda siz ishonib bo‘lmaydigan xilma-xil landshaftlarni topasiz - tuman bilan qoplangan tog‘ cho‘qqilari, faol vulqonlar, yovvoyi tabiatga boy yomg‘ir o‘rmonlari, shamolli plyajlar har qanday sarguzashttalablarni o‘ziga tortadi.

7. Gyoteborg, Shvetsiya

Shvetsiyaning eng katta shaharlaridan biri bo‘lgan Gyoteborg Gyota-Elv daryosi qirg‘og‘ida joylashgan. Bu yerda Skandinaviyaning eng katta istirohat bog‘i – Liseberg joylashgan. Bundan tashqari Baliq cherkovi (Fish church)ga ham boorish tavsiya qilinadi.

8.Cherchil, Kanada

Cherchil shahrini odamlar “Dunyoning qutb ayiqlari poytaxti” deb atashadi. Shuningdek, shahar “Shimol yog‘dusi”ni ko‘rish uchun ham eng yaxshi joylardan biridir.

9. Dominika

Karib dengizining betakror sohillarida dam olish yoki qumli sohillarda mazza qilib qorayishni xohlaysizmi? Unda Dominika aynan siz uchun.

10. O‘zbekiston

Markaziy Osiyodagi bu mamlakat Buyuk ipak yo‘lining marvaridi sanaladi. O‘zbekistonga sayohat qilish, nafaqat boshqa bir davlatning chegaralarini kesib o‘tish, balki Sharq va G‘arbning diqqatga sazovor tarixi, go‘zal arxitekturasi, ko‘p qirrali madaniyati va diqqatga sazovor joylari bilan ajralib turadigan yerga tashrif buyurish demakdir.

11. Lonseston, Avstraliya

12. Rovin, Xorvatiya

13. Namibiya

14. Orxus, Daniya

15. Shimoliy hudud, Avstraliya

16. Shahzoda Eduard oroli, Kanada

17. Kolorado – Springs, AQSh

18. La - Paz, Meksika

19. Estoniya

20. Lozanna, Shveysariya

21. Janubiy Laos, LXDR

22. Livan

23. Poznan, Polsha

24. Paso Robls, AQSh

25. Navarre Bich, AQSh

26. Maklaren Vale, Avstraliya

27. Lorel Xaylends, AQSh

28. Ozarbayjon

29. Paragvay

30. Efiopiya

So‘nggi yillarda Markaziy Osiyo mintaqasi sayyohlar uchun "ochilmoqda". Avvalroq, eng yaxshi 10 ta mintaqa yo‘nalishi bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani haqida xabar qilingan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан