Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2020 yilda fermerlar ixtiyorida qancha g‘alla qolishi ma’lum qilindi
15.02.2020 10:12,  
777

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 14 fevral kuni paxtachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish hamda davlat ehtiyojlari uchun paxta va g‘alla yetishtirish tizimidan bosqichma-bosqich voz kechish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

MAVZUGA DOIR: Paxta va g‘alla yetishtirishga davlat buyurtmasi bekor qilinadi (video)

Yig‘ilishda paxtachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish, davlat ehtiyojlari uchun paxta va g‘alla yetishtirish tizimidan qadamma-qadam voz kechish masalalari ham yig‘ilishda batafsil muhokama qilindi.

Shuningdek, videoselektor yig‘ilishida g‘alla hosilini g‘amlash masalasiga ham alohida e’tibor qaratildi.

MAVZUGA DOIR: Shavkat Mirziyoyev klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan asosiy maqsad nimaligini aytdi

G‘allani davlat ehtiyoji uchun majburiy sotib olish tizimidan davlat zaxiralari tizimiga o‘tilmoqda va fermerlarga g‘allani erkin sotish huquqi berilmoqda. Bu masala oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lganligi bois davlatga majburiy g‘alla sotish tizimi ikki bosqichda bekor qilinishi rejalashtirilgan.

Bu yil yetishtiriladigan g‘alla hosilidan davlat ehtiyojlari uchun sotiladigan hajmi kamaytiriladi. Ya’ni, mamlakatimiz bo‘yicha bu yil qo‘shimcha 1 million tonnadan ortiq g‘alla fermerlar ixtiyorida qoladi.

2021 yil hosilidan boshlab esa davlatga g‘alla sotish rejasi to‘liq bekor qilinib, mahsulotni bozor narxlarida sotib olish yo‘lga qo‘yiladi.

MAVZUGA DOIR: O‘zbekiston fermerlar kooperatsiyalarini yo‘lga qo‘yishda Turkiya tajribasidan foydalanadi

Yer ajratish borasidagi muammolar ko‘rib chiqildi. Sug‘oriladigan maydonlar talon-torojiga chek qo‘yish, har bir qarich yerdan xalq manfaati yo‘lida samarali foydalanish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Shundan kelib chiqqan holda, joylardagi mutasaddilarning mas’uliyati va javobgarligini oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан