Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2020 yilda Osiyo – Tinch okeani mintaqasida ko‘chmas mulkka investitsiya kiritish uchun eng maqbul shaharlar o‘nligi (foto)
13.11.2019 19:44,  
391

Bir necha yillik barqaror o‘sishdan keyin Osiyo – Tinch okeani mintaqasidagi ko‘chmas mulklar kuchli daromad keltirmoqda, ammo investitsion rejalar tuzguncha ehtiyotkorlik bilan yondashish kerak, deyiladi Urban Land Institute (ULI) va PwC'ning 2020 yil bo‘yicha chop etilgan hisobotida.

Ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan Singapur shahri joy olgan.

Tokio shahri investitsiyada ikkinchi, rivojlanishda to‘rtinchi o‘rinda turibdi. Yaponiya poytaxti Osiyoning eng likvid bozorlaridan biridir.

Xoshimin shahri investitsiyada uchunchi o‘rin, rivojlanishda esa birinchi o‘ringa loyiq ko‘rilgan. AQSh-Xitoy savdo urushi fonida Vetnam, jumladan Xoshimin shahri ham AQShdan ko‘proq buyurtmalar olmoqda.

Investitsiya bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinni Avstraliyaning Sidney shahri egallagan. Sidneydagi ko‘chmas mulklar oz sonli yuqori sifatli aktivlar qatoriga kiradi.

Avstraliyaning yana bir shahri – Melburn beshinchi o‘rinda. Melburndagi qulay demografiya va mahalliy iqtisodiyotning xilma-xilligi shuni anglatadiki, ofis ijarasi keyingi besh yil ichida o‘sishni davom etadi.

Shenchjen shahri oltinchi o‘ringa loyiq ko‘rilgan. Xitoyning janubi-sharqidagi bu shahar Chin yurtini Gonkong ma’muriy hududi bilan bog‘laydi.

Shanxay shahri yettinchi pog‘onada turibdi. Xitoyning sanoati yetakchi hududida bir kvadrat metr yer 25 ming dollar (237,5 million so‘m) turadi.

Sakkizinchi o‘rindagi Osaka shahri Yaponiyaning yirik sanoat va port shahri hisoblanadi.

Guanchjou ro‘yxatdagi to‘rtinchi Xitoy shahri.

Koreya poytaxti Seul ushbu ro‘yxatni yakunlaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан