Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2020 yilda O‘zbekistonda eksport hajmi 15,1 mlrd dollarni tashkil etdi
14.01.2021 14:08,  
82

Bu haqida AOKAda ayni daqiqalarda o‘tkazilayotgan brifingda Investisiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Aziz Voitov ma’lum qildi: «Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2020 yilning yakunlari bo‘yicha asosiy vositalarga kiritilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar hajmi 2019 yilning shu davriga nisbatan 101,5 foizni yoki 6,6 mlrd dollarni tashkil etdi.

Investisiya dasturi doirasida 197 ta loyiha amalga oshirildi va shuning hisobiga 38 ming ish o‘rni yaratildi. Bundan tashqari, hududiy investisiya dasturlari doirasida jami 59,1 trln so‘mlik 10 586 ta loyiha amalga oshirildi va bu 131,5 ming yangi ish o‘rni tashkil etilishiga imkon berdi.

Tashqi savdo faoliyati ko‘rsatkichlarini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, 2020 yil yakunlariga ko‘ra, eksport hajmi 15,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Shuningdek, 47 turdagi yangi mahsulotlarni eksportga yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi».

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан