Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2020 yilda O‘zbekistonda eng ko‘p moliyaviy qonunbuzilish holatlari qaysi vazirliklarda kuzatilgani ma’lum qilindi
13.01.2021 21:19,  
498

Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati departamenti va uning hududiy boshqarmalari tomonidan 2020 yilda byudjet mablag‘larini maqsadli sarflanishi yuzasidan amalga oshirilgan nazorat ishlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, 2020 yilda byudjet intizomiga rioya etilishi va byudjet mablag‘larning maqsadli foydalanishi yuzasidan 4729 ta (2019 yilda 8074 ta) nazorat tadbirida 246 milliard so‘m miqdorida byudjet intizomi buzish, pul va tovar-moddiy boyliklar kamomadi va asossiz xarajatlar aniqlanib, shundan 168,8 milliard so‘mning byudjetga tiklanishi ta’minlangan.

Unga ko‘ra, vazirliklar va idoralar bo‘yicha qonunbuzilish holatlari, boshqa xato-kamchiliklar quyidagilarni tashkil etdi:

  • Xalq ta’limi vazirligi tizimida — 96,6 milliard so‘mlik (2019 yilgiga nisbatan 3,2 martaga oshgan);
  • Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida — 40 milliard so‘m (2,9 martaga oshgan);
  • Maktabgacha ta’lim vazirligi tizimida — 16,7 milliard so‘mlik (2 martaga oshgan);
  • Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimida — 9,4 milliard so‘mlik (8,5 martaga oshgan).

Shuningdek, Madaniyat vazirligi (6,8 milliard so‘m), Suv xo‘jaligi vazirligi (5,6 milliard so‘m), Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi (5 milliard so‘m), Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (4,1 milliard so‘m), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (3,1 milliard so‘m) va ular tizimidagi byudjet tashkilotlarida ham yirik miqdorda moliyaviy qonunbuzilish holatlari aniqlangan. «O‘zbekkino» milliy agentligida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 17,9 milliard so‘m miqdorida moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, hokimliklar (3,5 milliard so‘m), hokimliklarning obodonlashtirish boshqarmalari (7,8 milliard so‘m), hokimliklar huzuridagi «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyalari (8,4 milliard so‘m)da o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida ham moliyaviy qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘lgan.

Mahalliy byudjetlar mablag‘larining maqsadli sarflanishi yuzasidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida jami 175,3 milliard so‘m miqdorida, jumladan, Qashqadaryo (26,1 milliard so‘m), Andijon (19,8 milliard so‘m), Surxondaryo (16,5 milliard so‘m), Farg‘ona (14,4 milliard so‘m), Toshkent (13,2 milliard so‘m), Jizzax (13 milliard so‘m), Samarqand (13 milliard so‘m), Sirdaryo (12,9 milliard so‘m), Namangan (12 milliard so‘m), Xorazm (6 milliard so‘m), Buxoro (3,6 milliard so‘m), Navoiy (2,4 milliard so‘m) viloyatlarida hamda Toshkent shahrida (13,8 milliard so‘m) va Qoraqalpog‘istonda (8,1 milliard so‘m) qonunbuzilish holatlari va boshqa xato-kamchiliklar aniqlangan.

2020 yilda byudjet muassasalarida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 54,5 milliard so‘m miqdorida naqd pul mablag‘larini o‘zlashtirish (bankdan olingan naqd pulni tashkilot g‘aznasiga kirim qilinmasligi, ishlamagan shaxslarga ish haqi hisoblanib, to‘lanishi va boshqalar) holatlari aniqlangan bo‘lib, ushbu qonunbuzilish holatlari 2019 yilga (7,2 milliard so‘m) nisbatan 7,5 martaga ko‘paygan.

Byudjet qonunchiligini buzganligi uchun byudjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlarning 48 nafar rahbar va boshqa mansabdor shaxsiga o‘rnatilgan tartibda jarimalar qo‘llanilgan.

Shuningdek, 3033 ta nazorat tadbirida aniqlangan 239,5 milliard so‘mlik qonunbuzilish holatlari qonuniy choralar ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан