Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2020 yilda O‘zbekistonda ko‘p ishlab chiqarilgan avtomobil ma’lum qilindi,bu "Damas" emas
22.01.2021 10:17,  
1661

O‘zbekistonda «Cobalt» avtomobili o‘tgan yil davomida eng ko‘p ishlab chiqarilgan mashina bo‘ldi. Keyingi o‘rinlarni «Neksiya T-250» va «Damas» egallagan.Davlat statistika qo‘mitasi 2020 yilning  yanvar-dekabr oylarida ishlab chiqarilgan avtomobillar haqida ma’lumot berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, 2020 yil yanvar-dekabr oylari davomida avtomobil sanoatida eng ko‘p ishlab chiqarilgan mashina «Cobalt» (79 ming 908 dona), keyingi o‘rinlarda «Neksiya T-250» ( 66 ming 402 dona), «Damas» (51 ming 692 dona), «Lasetti-Jentra» (50 ming 52 dona) va «Spark» (23 ming 3 dona) qayd etilgan.
Prezident ishtirokida mashinasozlik sanoatini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan yig‘ilishda hamyonbop avtomashina va elektromobillar ishlab chiqarishga investisiya kiritish zarurati haqida gapirilgandi.

Shuningdek, Jizzaxda Xitoyning yirik «Dong Feng» va «Changan» avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan hamkorlikda «Dong Feng» krossoveri va «New Star Truck» avtomobillari ishlab chiqarish rejalashtirilayotganligi aytilgan.

Avvalroq, 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan investisiya dasturida yaqin yillarda xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda turli rusumdagi avtomobillar ishlab chiqarilishi kutilayotganligi ma’lum qilingandi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан