Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2020 yilda O‘zbekneftgaz gaz qazib olish hajmini rekord darajada oshiradi
7.02.2020 17:44,  
315

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 fevral kuni neft-gaz sanoatidagi ishlar natijadorligi, tabiiy gaz va suyuq uglevodorodlar qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha joriy yilgi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

 Yig‘ilishda prezident tomonidan quyidagi vazifalar belgilib berildi:

-  tabiiy gaz qazib olishni 2019 yilgiga nisbatan 4 milliard kub metrdan ziyod ko‘paytirish;

-  “O‘zbekneftgaz” kompaniyasiga har bir konning holatini tanqidiy tahlil qilib, tabiiy gaz qazib chiqarish hajmini oshirish;

-  sohadagi barcha korxonalarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “komplayens nazorat” tizimi joriy etilishi;

-  neft-gaz sohasini isloh qilish bo‘yicha “loyiha ofisi”ga ilg‘or xalqaro konsalting kompaniyalarini jalb qilish;

-  korxonalarda rahbar xodimlarning maoshini faoliyat samaradorligini baholash ko‘rsatkichlariga (KPI) bog‘lash;

-  xo‘jalik boshqaruvi va resurslarning avtomatlashtirilgan hisobini yuritish dasturlarini (ERP) joriy etish.

Shuningdek, ushbu yig‘ilishda Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida sintetik suyuq yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarish zavodi qurilishining borishi ko‘rib chiqildi. Soha korxonalarida “raqamli kon”, xo‘jalik boshqaruvi va resurslarning avtomatlashtirilgan hisobini yuritish dasturlarini (ERP) joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Avvalroq O‘zbekneftgaz shirkatida tizimli o‘zgarishlar amalga oshirilgan edi. Unga muvofiq, endilikda shirkat faqat neft va gaz qazib olish va ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Mavzuga doir: Prezident 2 million iste’molchiga zamonaviy elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatish zarurligini ta’kidladi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан