Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2020 yilda qancha prezident va ijod maktabi ochilishi ma’lum qilindi
30.04.2020 18:14,  
1627

Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 aprel kuni joriy o‘quv yilini sifatli yakunlash, bitiruv va kirish imtihonlarini tashkil etish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, respublikamizda Prezident maktablari soni 4 taga yetdi, 9 ta ijod maktabi o‘z faoliyatini olib bormoqda.

Joriy yilda yana 5 ta Prezident maktabi va 2 ta ijod maktabini foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Ularni o‘z muddatida qurish ishlarini tizimli tashkil etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Karantin tufayli ijtimoiy masofa tushunchasi hayotimizdan muhim o‘rin egalladi. Shundan kelib chiqib, ta’lim muassasalarida, ayniqsa maktablarda, me’yorlarni qayta ko‘rib chiqish zaruriyati ta’kidlandi.

"Pandemiyani sabab qilib ta’lim tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlarni kechiktirishga mutlaqo haqqimiz yo‘q", - dedi Prezident.

Shuningdek, litseyning maktabdan katta farqi bo‘lishi kerakligini inobatga olib, mutasaddilarga litseylar faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yangi tizim asosida tashkil etilishi belgilangan kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlarni ishga tushirish vazifalari aniq belgilab berilgan. Bu borada eski kollej tizimi xatolari takrorlanmasligi zarur. Shu bois har bir viloyatda bittadan namunali kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumni tayyorlash vazifasi belgilandi.

Mutasaddilar sohada amalga oshirilayotgan ishlar hamda galdagi topshiriqlarni bajarishga qaratilgan rejalar yuzasidan axborot berdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан