Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2020 yilda «snos»lar tufayli buzilgan mulklarning 55 foiziga kompensatsiya to‘lanmagan
14.02.2021 18:28,  
44

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Bosh prokuratura boshqarma prokurori Abdurahim Muhiddinov ishtirokida bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qilindi.

Tadbirda prokuratura organlari tomonidan davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalari olib qo‘yilishi munosabati bilan buzilgan mulklar bo‘yicha yetkazilgan zararlarning qoplanishi masalasi haqida so‘z bordi.

Ta’kidlanishicha, 2020 yilning 1 yanvar holatiga buzilgan mulklar bo‘yicha kompensatsiya to‘lovlaridan qariyb 443 milliard so‘m qarzdorlik mavjud bo‘lgan. Biroq o‘tgan yilda bu qarzdorlikning atigi 202 milliard so‘mi yoki 45 foizi mulk egalariga qoplab berilgan.

To‘langan qarzdorlikning 151,5 milliard so‘mi naqd pul, 10,7 milliard so‘mi yer berish, 39,2 milliard so‘mi mulk berish hisobiga to‘g‘ri kelgan.

Shu bilan birga, xududiy hokimliklar tomonidan buzilishlar bo‘yicha qabul qilingan 52,6 milliard so‘mlik 196 ta qarorning 76 tasi yoki 39 foizi bo‘yicha amaldagi tartibga rioya etilmagan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан