Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2020 yilda YaIM 1,5 - 2,5 foiz o‘sadi — Markaziy Bank
1.05.2020 20:44,  
149

Markaziy bank 2020 yilning I choragi uchun pul-kredit siyosati bo‘yicha o‘z hisobotini taqdim etdi. 

Markaziy bankning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020 yilda real yalpi ichki mahsulot (YaIM)ning o‘sish sur’ati 1,5-2,5 foizgacha sekinlashishi kutilmoqda.

2020 yilda transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi o‘tgan yilga nisbatan 30-35 foizga qisqaradi. Bunda, aprel-iyul oylarida pul o‘tkazmalarining kamayishi (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan oylik) 50 foizga yetishi mumkin va keyinchalik bosqichma-bosqich tiklanish kuzatiladi.

2020 yilda eksport hajmi o‘tgan yilga nisbatan 11-12 foizga pasayishi prognoz qilinmoqda. Eksportning qisqarishi, asosan, energiya manbalari, rangli metallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlar hamda turizm xizmatlari bo‘yicha kutilmoqda. Shu bilan birga, oltin narxining ko‘tarilishi ma’lum darajada qoplovchi ta’sir ko‘rsatadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан