Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2020 yildan O‘zbekiston Milliy universitetida kredit-modul tizimi joriy qilinadi
19.06.2019 10:10,  
766

Prezidentning “2019-2023 yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida talab yuqori bo‘lgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi.

Qarorda qayd etilishicha, tanqidiy va har tomonlama tahlillarda yuqori malakali kadrlar tayyorlashda jiddiy to‘siq bo‘layotgan bir qancha muammolar va nuqsonlar aniqlandi. Keyingi yillarda universitetning Milliy universitet maqomini qaror toptirish uchun amaliy va samarali chora-tadbirlar ta’minlanmagan.

Jumladan, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining tarkibi hamda qabul ko‘rsatkichlari kadrlarga bo‘lgan real talabdan sezilarli darajada orqada qolmoqda, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish darajasi, ayrim pedagog-kadrlarning kasbiy mahorati, malaka oshirish kurslarining samaradorligi pastligicha qolmoqda. Universitet nufuzli xalqaro agentliklar reytingiga kiritilmagan, yoshlarning ilmga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantirish darajasi past. Ta’lim jarayoni va ilmiy-tadqiqot faoliyatining moddiy-texnika ta’minotida jiddiy kamchiliklar mavjud.

Hujjatda universitetning yangi ta’lim modelini shakllantirishning ustuvor yo‘nalishi sifatidagi vazifani hal etish uchun o‘quv, o‘quv-metodik, ilmiy-innovatsion, tarbiyaviy va tashkiliy faoliyat bo‘yicha samarali indikatorlar va ko‘rsatkichlarni ishlab chiqqan holda rahbarlar va professor-o‘qituvchilar tarkibi faoliyati samaradorligini baholashning reyting tizimini joriy etish nazarda tutilmoqda.

Ushbu maqsadlarda:

 

birinchidan – 2019-2021 yillarda ta’lim yo‘nalishlarida tabiiy fanlar, matematik ta’lim, kompyuter texnologiyalari va informatika yo‘nalishlari ulushini oshirish;

ikkinchidan – O‘zbekiston – Isroil fakultetini, shuningdek, “Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar”, “Biofizika va muhandislik tadqiqotlari”, “Fundamental tibbiyot va bioximiya”fakultetlarini bosqichma-bosqich ochish nazarda tutilmoqda;

uchinchidan – S.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyga tabiiy va aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan Respublika akademik litseyi maqomi beriladi hamda uniuniversitetda o‘qitish uchun iqtidorli va iste’dodli bolalarni tanlab olish va tayyorlash, bo‘lg‘usi ilmiy-pedagoglar elitasini shakllantirish markazi sifatida tashkil etish vazifasi qo‘yilmoqda;

to‘rtinchidan – Universitet tuzilmasida Intellektual-dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazini tashkil etish nazarda tutilmoqda.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab ikkita fakultetda, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab esa universitet miqyosida ta’limni tashkil etishning kredit-modul tizimini joriy qilish nazarda tutilmoqda.

Har yili ilmiy salohiyatni oshirish uchun universitet doktoranturasiga har yillik qabul kvotasini va xorijdagi maqsadli doktoranturaga qabul kvotasini ko‘paytiriladi. Bunda ta’lim jarayoniga yuqori malakali xorijlik o‘qituvchilar va mutaxassislarni keng jalb qilish rejalashtirilmoqda.

Universitet 2020 yilning o‘zida quvvati 600 Mb/sek bo‘lgan ko‘p tarmoqli internet tizimiga ulanishi ta’minlanadi. Universitet hududi va qo‘shimcha maydonlari «Wi-Fi» zonasi bilan ta’minlanadi.

2020-2023 yillar mobaynida talabalar turar joylarida kapital ta’mirlash (rekonstruksiya) va jihozlash ishlari amalga oshiriladi, universitetning professor-o‘qituvchilar tarkibi va yosh tadqiqotchilar uchun 6 ta ko‘p kvartirali uylar hamda universal sport majmuasi quriladi. Aniq va tabiiy fanlar fakultetlarining o‘quv-ilmiy laboratoriyalarini jihozlash maqsadida universitetning valyuta hisobraqamiga 6,0 million AQSh dollari o‘tkaziladi.

2019 yil 1 sentyabrdan boshlab Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga fan va ta’lim sohasidagi barcha davlat tashkilotlarida ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyatini olib borayotgan fan nomzodi yoki falsafa fanlari doktori (PhD) darajasiga ega bo‘lgan xodimlarning oylik maoshiga 30 foizgacha, fan doktori (Doctor of Science) darajasiga ega bo‘lgan xodimlarning oylik maoshiga 60 foizgacha ustama haq belgilanadi. Bunda, qo‘shimcha haq bir xodimning ilmiy-pedagogik va mehnat faoliyatiga qo‘shgan aniq hissasini hisobga olgan holda tarkibiy bo‘linma rahbarining taqdimnomasi asosida va muassasa (tashkilot) kollegial organining qaroriga ko‘ra to‘lanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан