Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2020 yildan yana bir faoliyat turi uchun litsenziya olish bekor qilinadi
11.12.2019 10:15,  
12220

“O‘zbekiston Respublikasi yo‘l xo‘jaligi tizimini chuqur isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab:

– avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, shuningdek, yo‘l-qurilish ishlarini texnik nazorat qilish uchun yangidan boshlanadigan ob’yektlar bo‘yicha shartnomalar faqat davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq o‘tkaziladigan tanlov (tender) yakunlari bo‘yicha tuziladi;

– yo‘l-qurilish ishlari bo‘yicha konsalting xizmatlari (texnik nazorat) mustaqil tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin;

– Toshkent shahri ko‘chalarini qurish va ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachining funksiyalarini sinov tarzida Toshkent shahar hokimligi amalga oshiradi.

Shuningdek, 2020 yil 1 yanvardan boshlab, neft bitumining yo‘llarga mo‘ljallangan markalarini sotish sohasida faoliyat olib borish huquqi uchun litsenziya olish talab etilmaydi.

Farmonga muvofiq, yo‘l-qurilish korxonalari MChJ etib qayta tashkil etilgan holda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tarkibidan chiqarildi.

Farmon bilan “Yo‘lqurilish” AJ tashkil etildi hamda qo‘mita tarkibidan chiqarilgan korxonalarning ustav jamg‘armalaridagi davlat ulushi mazkur AJga o‘tkazildi.

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi avtomobil yo‘llari sohasidagi maxsus vakolatli organ va avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha ishlarning yagona buyurtmachisi etib belgilandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан