Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2020 yilning birinchi yarmi kuzatuvlar tarixidagi eng issiq mavsum bo‘ldi
4.07.2020 14:23,  
271

2020 yilning dastlabki olti oyi mamlakatda meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq mavsum bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Gidrometeorologiya markazining boshlig‘i Roman Vilfand ma’lum qildi. 

"Ta’kidlanishicha, Rossiyada 2020 yilning olti oyi davomida o‘rtacha harorat 1891 yildan beri instrumental kuzatuvlarning butun davri uchun, 130 yil davomidagi meteorologik yillarning eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi", - dedi Vilfand.

Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning qish oylarida havo harorati o‘rtacha darajadan 10-11 darajaga oshgan.

Vilfandning qo‘shimcha qilishicha, o‘tgan iyun ham mamlakat poytaxtidagi o‘lchovlar tarixidagi eng issiq oy bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, Yer yuzining boshqa nuqtalarida ham anomal ob-havo kuzatildi. Hozirda Yaponiyada kuchli yog‘ingarchilik tufayli bir necha yuz ming kishi yashab turgan joylaridan evakuatsiya qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан