Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2020 yilning oxirigacha O‘zbekistonda ikkita xalqaro tibbiyot universitetining filiali ochiladi
8.04.2020 09:37,  
1591

Avval xabar qilganimizdek, “Tibbiy-sanitariya sohasida kadrlarni tayyorlash va uzluksiz kasbiy rivojlantirishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, uch oy muddatda jamoat salomatligi va sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmatlari sohasida oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash bo‘yicha alohida tibbiyot oliy ta’lim muassasasini tashkil qilish va o‘quv jarayonini 2020/2021 o‘quv yilidan boshlashni nazarda tutadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.

Tibbiyot oliygohi talabalari va tibbiyot xodimlariga har oyda 10 million so‘mgacha ustama to‘lanadi

Tibbiyot kollejlari Ibn Sino nomidagi salomatlik texnikumlariga aylantiriladi

Bundan tashqari, 2021 yil 1 yanvarga qadar N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti va Turkiya Baxchishehir universitetining filiallari va klinikalarini tashkil etish, shuningdek, xalqaro reytinglarga kiruvchi nufuzli xorijiy tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari asosida xalqaro fakultetlar va filiallarni ochish choralari ko‘riladi.

Shuningdek, Xalqaro Vestminster va Akfa universitetlarini jalb qilgan holda, ushbu universitetlar hamda tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab sog‘liqni saqlash sohasi uchun menejer mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha magistrlik yo‘nalishi ochiladi.

Joriy yil 1 sentyabrdan esa Nukus, Andijon, Buxoro, Samarqand, Urganch va Farg‘ona shaharlarida joylashgan tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida belgilangan tartibda falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengashlar tashkil etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан