Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2021 yil Davlat byudjetiga o‘zgartish kiritildi
8.11.2021 10:59,  
268

2021 yil Davlat byudjetiga o‘zgartish kiritildi. Bunga davletovuz e’tibor qaratmoqda. Byudjet xarajatlari jami 11,7 trln so‘mga oshirildi:

6,0 trln. so‘mi —  investitsiya dasturlariga;

1,4 trln. so‘mi — ayrim muassasalarga kiritilgan qo‘shimcha shtatni moliyalashtirishga;

1,4 trln. so‘mi — mudofaa va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xarajatlariga;

1,3 trln. so‘mi  — koronavirusga qarshi kurashish tadbirlariga;

1,3 trln so‘mi — “Yangi Andijon” shaharchasi va  viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirishga;

1,1 trln so‘mi — MTMlarni tashkil etish uchun imtiyozli kreditlar berish hamda subsidiya ajratishga;

1,0 trln so‘mi — tabiiy gaz va elektr energiyasi narxlari oshirilmaganligi sababli yetkazib beruvchi korxonalar zararining bir qismini qoplashga;

1,4 trln so‘mi — boshqa qo‘shimcha xarajatlarga yo‘naltirilmoqda.

Bundan tashqari, 1,4  trln  so‘m byudjet ijrosi jarayonida bo‘shab qolgan mablag‘lar hamda 1,8  trln so‘m Pensiya jamg‘armasiga davlat byudjetidan  transfertlar maqbullashtirildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil iyun oyida davlat byudjeti xarajatlari 13,1 trln so‘mga oshirilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан