Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2021 yil uchun yana qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanmoqda
12.03.2021 13:29,  
700
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 dekabrdagi PF-6122-son «2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi farmoni loyihasi e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, «O‘zbekiston bo‘ylab sayoxat qil!» ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida fuqarolarning faol dam olishi uchun eng qo‘lay sharoitlarni yaratish maqsadida qo‘shimcha dam olish kuni belgilash taklif qilinyapti.

Jumladan, 2021 yilda quyidagi qo‘shimcha dam olish kunlari belgilanadi:
  • 14 may—juma;
  • 2 sentyabr — payshanba;
  • 3 sentyabr — juma;
  • 31 dekabr —juma.

2021 yilda dam olish kunlari:
  • 27 mart — shanba kunidan 22 mart — dushanba kuniga;
  • 17 iyul — shanba kunidan 21 iyul — chorshanba kuniga;
  • 24 iyul — shanba kunidan 22 iyul — payshanba kuniga ko‘chiriladi.

Bundan tashqari, farmonning 3-bandi ikkinchi xatboshi kuyidagi tahrirda bayon etiladi: 2021 yil 2 yanvar — shanba, 20 mart — shanba, 22 mart — dushanba, 15 may — shanba, 21 iyul — chorshanba, 22 iyul —payshanba va 4 sentyabr — shanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kunlari hisoblanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан