Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2021 yilda 3 935,8 km avtomobil yo‘llari qayta quriladi va ta’mirlanadi
3.02.2021 14:39,  
166

Bu haqda AOKA o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida Transport vazirligi huzuridagi avtomobil yo‘llari qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Shuhrat Nazarov ma’lum qildi.

Bugungi kunda respublikada jami 184 174 km avtomobil yo‘llari mavjud bo‘lib, shundan:

umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari – 42 869 km;

ichki xo‘jalik yo‘llari – 116 560 km;

idoraviy yo‘llar – 24 745 kmni tashkil etadi.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari maxsus vakolatli organ – Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tasarrufida, ichki xo‘jalik yo‘llari – mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida, idoraviy yo‘llar yuridik va jismoniy shaxslar tasarrufida bo‘ladi. 

2020 yilda jami 5 186,3 mlrd.so‘m (rejaga nisbatan 101,8 %) miqdorida avtomobil yo‘llarini qayta qurish, ta’mirlash va saqlash ishlari bajarilib, 6 442,6 km (rejaga nisbatan  101,2 %) avtomobil yo‘llari qayta qurildi va ta’mirlandi. 

2021 yilda 4 577,4 mlrd.so‘m mablag‘lar o‘zlashtiriladi hamda 3 935,8 km avtomobil yo‘llari qayta quriladi va ta’mirlanadi. Jumladan:

investitsiya dasturi doirasida 2 165,0 mlrd.so‘m mablag‘ o‘zlashtirilib, 95,8 km avtomobil yo‘llari qayta quriladi;

kapital ta’mirlash dasturi doirasida 355,0 mlrd.so‘m miqdorida mablag‘lar o‘zlashtirilib, 100,0 km avtomobil yo‘li kapital ta’mirlanadi;

umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash va saqlash bo‘yicha 1 801,8 mlrd.so‘m miqdorida ishlar bajarilib, 2 540,0 km avtomobil yo‘llari ta’mirlanadi;

ichki xo‘jalik yo‘llarini ta’mirlash bo‘yicha 255,6 mlrd.so‘m miqdorida ishlar bajarilib, 1 200,0 km ichki yo‘llar ta’mirlanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан