Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2021-yilda avia va temiryo‘l chiptalariga 30 foiz chegirma beriladi
10.01.2021 10:28,  
384

    Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 2021-yilning 9-yanvar kuni “Sport va turizmni sohalarini rivojlantirish bo‘yicha 2020-yilda amalga oshirilgan ishlarning tanqidiy-tahliliy natijalari hamda 2021-yilgi ustuvor vazifalar” mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi, deya xabar qilmoqda “Kun.uz”.
Unda ishtirok etgan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov 2020-yilda 1 million 800 ming nafar mahalliy turistlar safari tashkil etilganini, 2021-yilda buni keskin oshirib, 7,5 million nafarga yetkazish rejalashtirilganini aytib o‘tdi.
    “Prezident topshirig‘iga binoan, mahalliy aholining sayohat qilishi uchun qulay va arzon transport bilan ta’minlashda avia va temiryo‘l chiptalariga 30 foiz chegirma beriladi”, – deya ma’lum qildi Abduhakimov.
Bundan tashqari, 2021-yilda transport logistikasidagi muammolarni bartaraf etish maqsadida yangi avia va temiryo‘l qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Andijon va Xivani to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lovchi temiryo‘l reysi, Farg‘ona va Urganch aviareysi, Qarshidan Urganchga temiryo‘l hamda aviareyslar yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.
Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” dasturini jadallashtirish maqsadida yana ko‘plab chegirmalar joriy etilishi ma’lum qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан