Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2021 yilda birja orqali qariyb 300 mlrd so‘mlik avtoraqamlar sotildi
14.01.2022 14:57,  
34

2021 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining avtoraqam.uzex.uz vebsaytida 298,8 mlrd so‘mlik 139,4 mingdan ziyod avtoraqamlar shaffof onlayn-auksionlar orqali sotildi.

Avtoraqamlarning sotuvi son jihatdan 40% ga, hajmi bo‘yicha – 21% ga o‘sdi.

Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2,1 mln so‘mni tashkil etgan. Sotilgan avtoraqamlarning 91% jismoniy shaxslar, 9% - yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan. O‘tgan davrda sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi – 450,5 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa 441,5 mln so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 37% birinchi toifadagi avtoraqamlar, 22 % – ikkinchi, 13% – uchinchi, 9% – to‘rtinchi, 9% – beshinchi va 10% – oltinchi toifa avtoraqamlarga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar kesimida eng ko‘p avtoraqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati (48%) Samarqand va Farg‘ona (8% dan), Namangan va Andijon (6% dan), hamda Buxoro (5%) viloyatlarida xarid qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avtoraqamlarni onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablag‘larning 80 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga, 20 foizi – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан