Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2021 yilda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” va boshqa dasturlar doirasida 7 794 ta qishloq va mahallada 20,8 trln so‘mlik qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi
24.05.2021 20:39,  
84

Bugungi islohotlar muvaffaqiyatli ko‘p jihatdan har bir tuman, shahar, qishloq va mahallada jamoatchilik, ya’ni, xalq nazoratining qay darajada yo‘lga qo‘yilganiga ham bog‘liq.
Jumladan, 2021 yilda “Obod qishloq”, “Obod mahalla” va boshqa  dasturlar doirasida 7 794 ta qishloq va mahallada 20,8 trln so‘mlik qurilish, ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi.

Bu boradagi vazifalarning so‘zsiz ro‘yobga chiqarilishida ta’sirchan nazoratning ahamiyati katta.
Shu bois, ushbu dasturlar doirasidagi ishlarning barcha bosqichlarini onlayn kuzatib borish imkonini beruvchi elektron dastur ishga tushirildi.

Dasturlar ijrosi yuzasidan jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish maqsadida maxsus telegram-bot (@obod_mahalla_dasturi_bot) dasturi ham ishlab chiqildi.

Agar Siz yashayotgan hududda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida qurilayotgan bino-inshootlarda kamchiliklarni payqasangiz, qurilish ishlarining sifatsiz olib borilayotgani yoki to‘xtab qolganining guvohi bo‘lsangiz, asl holatni suratga oling va maxsus telegramm-botga joylashtiring!

Buning uchun mavjud kamchilikni suratga olasiz va maxsus telegramm-botga kirib, ob’yekt joylashgan hududni belgilab, “Yuborish” tugmasini bosasiz.  
Elektron dastur “Ishchi guruh”ni avtomatik tarzda qizil belgi bilan kelib tushgan murojaat haqida xabardor qiladi.

So‘ngra “Ishchi guruh” tomonidan mavjud salbiy holatni bartaraf etish choralari ko‘riladi.  
Unutmang, barcha fuqarolar qurilish ishlari bilan tanishib, kamchiliklar to‘g‘risida o‘z murojaatini  yuborish imkoniga ega. O‘z uyi, mahallasiga befarq bo‘lmagan aziz vatandoshlar, jamoatchilik nazoratida faol ishtirok eting! Dasturlarning samarali, sifatli va o‘z vaqtida bajarilishiga hissa qo‘shing! 


O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан