Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2021 YILDA - UZTELECOM BILAN BIZNESINGIZGA IShONCh BILAN!
30.12.2020 12:30,  
82

Yangi 2021 yil kirib kelmoqda va u bilan birga yangi g‘oyalar, yangi imkoniyatlar, yangi istiqbollar ham kutilmoqda. Nafaqat har birimiz, balki butun mamlakatimiz davlat va jamiyat rivojlanishining barcha jabhalarida ijobiy o‘sishni kutmoqda.

Hech kimga sir emaski, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish davlatning iqtisodiy va ijtimoiy salohiyati o‘sishining eng muhim omili bo‘lib, zamonaviy tadbirkorlik ham har tomondan katta miqdordagi sarmoyalarni, shu jumladan yuqori sifatli telekommunikatsiya infratuzilmasini talab qiladi.

UZTELECOM milliy operatori doimo taqdim etilayotgan xizmatlar va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash ustida ishlashni davom etadi. Abonentlarning zamonaviy tendensiyalari va afzalliklarini hisobga olgan holda, uyali aloqa operatori biznes mijozlari uchun maqbul yechimlarni taklif etadi va shu bilan mamlakatda biznesni rivojlantirish uchun qulay infratuzilmani yaratadi.

Bugungi kunda UZTELECOM B2B segmenti uchun sifatli xizmatlarni taklif etadi, ular qulay narxlar, har bir mijozga individual yondashuv, shuningdek taqdim etilayotgan xizmatlar va tarif rejalarini yangilash va takomillashtirish bo‘yicha doimiy olib boriladigan ishlar bilan ajralib turadi.

Shunday qilib, Kompaniya tomonidan taqdim etiladigan ko‘plab xizmatlar orasida juda foydali tarif rejalari mavjud bo‘lib, ular Sizning biznesingizni boshqarishda ajralmas yordamchiga aylanishi mumkin. Birinchi cheksiz tarif – BUSINESS ROYAL. Oyiga 149,900 so‘m evaziga to‘liq cheksiz onlayn va ovozli aloqani qo‘lga kiritasiz. BUSINESS ROYAL - bu doimiy ravishda aloqaga bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlar uchun eng maqbul yechim.

BUSINESS NEW tarif liniyasida oyiga 25000 dan 70.000 so‘mgacha bo‘lgan 4 ta tarif rejasi mavjud. BUSINESS 25, BUSINESS 35, BUSINESS 50 va BUSINESS 70 - bu megabayt, daqiqa va SMSlarning qulay nominal qiymatiga ega bo‘lgan tariflar. Siz o‘zingizning kompaniyangiz talablariga javob beradigan yoki ma’lum bir xodimning ish ko‘lami asosida rejalardan birini tanlashingiz va ulashingiz mumkin.

Shuni ta’kidlash joizki, korporativ mijozlar tomonidan eng ko‘p talabga sazovor xizmatlardan biri bu "Mobil byudjet" xizmati – xizmatlar cheklangan paytida shaxsiy kabinetdan mustaqil ravishda to‘lash uchun ishonchli yordamchi. Shunda biznes abonentlar to‘lanmagan hisob-kitoblar tufayli mobil aloqa va Internet yo‘qotilishi haqida tashvishlanmasliklari mumkin.

Tadbirkorlarning ishbilarmonlik muhiti mamlakatimiz chegaralari bilan chegklanib qolmaydi, shu munosabat bilan milliy operator o‘z korporativ abonentlarini 5 ta qit’ada, taxminan bir necha yuz yaqin va uzoq mamlakatlarda ishlaydigan maqbul rouming yordamida yuqori sifatli uyali aloqa bilan ta’minlash vazifasini o‘z zimmasiga oldi.

Ishonch bilan aytish mumkinki, yuqori malakali xodimlardan tashkil topgan UZTELECOM milliy operatori jamoasi yildan-yilga uyali aloqa vositalarining tarmoq sifati va xizmat ko‘rsatishning eng yuqori standartlariga muvofiqligini ta’minlash, o‘zgacha xizmat ko‘rsatish va paydo bo‘lgan muammolarni tezkor hal qilish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda.

UZTELECOM xizmatlarini tanlash bilan Siz o‘zingizning biznesingizni eng ishonchli mobil aloqa bilan ta’minlaysiz.

UZTELECOM - milliy operator.

+998951771100 raqami orqali korporativ xizmat ko‘rsatish bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumotlar: https://uztelecom.uz/uz/biznesga

Yagona call-markaz: 1099

Facebook: fb.com/uztelecom

Texnik qo‘llab-quvvatlash: fb.com/groups/tshtt.uz

Instagram: @uztelecomuz

Telegram: t.me/uztelecomuz

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан