Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2021 yildan madaniyat ob’yektlarining bo‘sh turgan maydonlari tadbirkorlarga beriladi
6.01.2021 19:35,  
183

2021 yildan madaniyat ob’yektlarining bo‘sh turgan maydonlari tadbirkorlarga beriladi. Bu haqida Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Senat majlisida ma’lum qildi.  «Deylik bir hududda madaniyat markazi yarim gektar maydonning 15-20 sotix joyini band qilib turibdi. Markazni o‘sha hududni saqlab turishga ortiqcha mablag‘i yo‘q. Shuni tadbirkorga bersak, hokimiyat balansiga o‘tkazish, hokim qarori kabi juda ko‘p byurokratik holatlar bor», – dedi vazir. Shu kabi muammolar yechimi sifatida hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi. «Boshqa tashkilotlar bilan kelishib bo‘lganmiz, faqat Vazirlar Mahkamasi xulosasini kutyapmiz. 2021 yildan buni jadal amalga oshiramiz», – dedi Nazarbekov. Vazir hozirgacha beshta madaniyat va istirohat bog‘i tadbirkorlarga berilgani, 15 dan ortiq madaniyat markazlari bo‘yicha shartnomalar imzolanganini aytdi. O‘tgan 10 yilda hokimlar qaror chiqarib, bog‘larni tadbirkorlarga bo‘lib bergani, bundan vazirlik bexabar ekanligi qo‘shimcha qilindi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан