Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2021 yilgacha idoraviy qonun hujjatlarini qabul qilish to‘xtatildi
22.05.2020 05:16,  
324

Avval xabar qilganimizdek, “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident Farmoni qabul qilindi.

  • Farmon bilan Adliya vazirligi zimmasiga qator qo‘shimcha vazifa va funksiyalar yuklatildi.
  • Adliya vazirligi ma’muriy islohotlarning samaradorligi va natijadorligini monitoring qiladi
  • Farmonga muvofiq, fuqarolarga javobgarlik belgilovchi normalar faqatgina qonunlar bilan o‘rnatiladi.
  • Qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlashda “paket” prinsipi joriy qilinadi.

Shuningdek, farmonga ko‘ra, qonunchilikni tizimlashtirish va ortiqcha huquqiy tartibga solishni kamaytirish maqsadida 2020 yil 1 iyuldan 2021 yil 1 yanvargacha idoraviy qonun hujjatlarini qabul qilish to‘xtatiladi.

O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risidagi, shuningdek, unifikatsiya qilishni nazarda tutuvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish bundan mustasno.

Idoraviy qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 2020 yil 1 iyuldan boshlab sinov tariqasida, 2020 yil 1 oktyabrdan boshlab esa to‘liq Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан