2022 yilda 80 mingdan ortiq talabalar ijara xarajatlarining bir qismini qoplab berish rejalashtirilmoqda

2022 yilda 80 mingdan ortiq talabalar ijara xarajatlarining bir qismini qoplab berish rejalashtirilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 2022 yil uchun soliq tushumlari hamda byujet parametrlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Davlat rahbari mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, odamlar hayotini yaxshilash bosh maqsad etib belgilangani, bu tamoyillar byujetni shakllantirishda ham bosh mezon bo‘lishi zarurligini ta’kidladi.

Shu bois kelgusi yilga mo‘ljallangan davlat byujeti loyihasida, avvalo, ijtimoiy yo‘nalishlarga katta e’tibor qaratilgan. Xususan, ta’lim va tibbiyot tizimiga 58 trillion so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.

Prezidentimiz bu mablag‘ga qo‘shimcha tarzda yana 12 trillion so‘m ajratish taklifini bildirdi. Chunki hududlardagi ehtiyoj va aholi talabidan kelib chiqib, kelgusi yilda 55 ta yangi dastur amalga oshirilishi belgilangan.

Xususan, bakalavr yo‘nalishida davlat grantlari, magistratura va doktoranturaga qabullar sonini oshirish, davlat-xususiy sheriklik asosida yotoqxonalar qurishga subsidiya berish hamda 80 mingdan ortiq talabalar ijara xarajatlarining bir qismini qoplash rejalashtirilganligi ta’kidlandi.