Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2025 yilda O‘zbekiston yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlariga mezbonlik qiladi
10.08.2020 11:50,  
76

“2025 yilda O‘zbekistonda yoshlar o‘rtasidagi IV yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (468-son, 07.08.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi huzurida «Toshkent–2025» yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazish direksiyasi tashkil etiladi.

Osiyo o‘yinlarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha xalqaro va respublika miqyosidagi tadbirlar hamda uning doirasida ko‘rgazmalar, konferensiyalar, ilmiy-amaliy anjumanlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish Direksiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Shuningdek qaror bilan, «Toshkent–2025» yozgi Osiyo o‘yinlarini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita tarkibi hamda chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан