Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2025 yilga qadar 1115 ta davlat korxonalari to‘liq xususiylashtiriladi
28.02.2020 18:17,  
319

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamalari portali regulation.gov.uz saytiga “Iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston prezidenti qarori loyihasi joylashtirildi.

Loyihada ta’kidlanishicha, davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh etish bo‘yicha Ishchi guruhlar davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini tanqidiy tahlil etgan hamda iqtisodiyotda ular ulushini keskin qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqqan.

Hujjatga ko‘ra, ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan 1115 ta korxonalar 2025 yilga qadar xususiylashtirilishi rejalashtirilmoqda. 555 ta davlat shirkatlarida qisman davlat ulushi saqlanib qoladi.

Mavzuga doir: Hukumat davlat ulushi bo‘lgan banklar va sug‘urta kompaniyalarini sotishni rejalashtirmoqda

Xususan, Ucell (Koskom MChJ)dagi 85 % davlat ulushi, "O‘zbekiston havo yo‘llari" da 49 foiz, "O‘zbektelekom" AKda 18,8 foiz, "O‘zbekiston pochtasi" da 25,4 foiz, “Toshkent” fond birjasida 25 foiz, "Dori-Darmon" da 45%, "O‘zbekneftgaz" va "O‘ztransgaz"da 24%, "Qizilqumsement" da 35,9%, OKMK va NKMKda 10%, “O‘zbekinvest”da 25%, “O‘zagrosug‘urta”da 43%, “O‘zekspomarkaz”da 40,8%, Humson sanatoriysida 49% hamda Toshkent metallurgiya zavodida 10 % davlat ulushi sotuvga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, quyidagilar butunlay xususiylashtirilishi rejalashtirilmoqda: bir nechta neft va vinochilik korxonalari, banklar, sug‘urta kompaniyalari, "Matbuot tarqatuvchi", "Sharq", "Sovplastital", "Foton", "Markaziy" ipodrom, Bekobodsement, Angren logistika markazi, LG CNS UZBEKISTAN, UZDIGITAL TV, INFOCOM.UZ, "Paxtakor" futbol klubi, Toshkentdagi "Poytaxt" biznes markazi va boshqalar.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан