Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2026 yilgi qishki olimpiada qayerda o‘tkazilishi aniqlandi
25.06.2019 12:19,  
286

Xalqaro «Olimpiya kuni» katta shodiyona bilan nishonlangach, Lozannada XOQning 134-sessiyasi ish boshladi. Unda kun tartiba qo‘yilgan eng asosiy masala 7 yildan so‘ng bo‘lib o‘tadigan qishki olimpiya o‘yinlariga mezbon shahar nomini aniqlash bo‘ldi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

2026 yili o‘tkaziladigan olimpiadaga nomzod shaharlar orasida Italiyaning Milan va Kortina d’Ampetsso (birgalikda) hamda Shvetsiyaning Stokholm shaharlari so‘nggi bosqichigacha yetib kelishdi. Yakuniy ovoz berish natijalariga ko‘ra, XXV qishki Olimpiya o‘yinlariga Milan va Kortina d’Ampetsso shaharlari mezbon, deb topildi. Ushbu musobaqa 2026 yilning 6−22 fevral kunlari o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Kortina d’Ampetsso shahrining o‘zi 1956 yili VII qishki olimpiadaga mezbon bo‘lgan. Italiyaning boshqa bir shahri Turin 2006 yilgi qishki olimpiya o‘yinlarini qabul qilgan edi. Eslatib o‘tamiz, 2022 yilgi qishki olimpiada Xitoyning Pekin shahrida o‘tkaziladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан