Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2030 yilga borib respublikadagi gidroelektr stansiyalari quvvati 3 416 MVtga yetkaziladi
13.12.2021 17:43,  
36

“Gidroenergetikani yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–44-son, 10.12.2021 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, elektr energetika sohasida 2030 yilga borib respublikadagi gidroelektr stansiyalari quvvati 3 416 MVtga yetkaziladi. 

Qaror bilan 2021–2030 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. 

2022 yil 1 yanvardan “O‘zbekgidroenergo” AJ tarkibidagi gidroelektr stansiyalari tomonidan ishlab chiqariladigan elektr energiyasi faoliyat turiga ko‘ra kafolatlangan tarzda II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifga nisbatan:

●  suv oqimi bo‘yicha ishlaydigan gidroelektr stansiyalarida – 70 foiz miqdorda;
●  elektr energetikasi tizimining rejimiga bog‘liq holda dispetcher tomonidan tartibga solinadigan, rostlovchi gidroelektr stansiyalarida – 100 foiz miqdorda;
●  gidroto‘plash elektr stansiyalarida – 150 foiz miqdorda sotib olinadi.

Elektr energiyasini yangi ishga tushiriladigan quyosh, shamol, biogaz elektr stansiyalaridan (bundan sanoat ko‘lamidagi 1 MVt yoki undan ortiq quvvatlar mustasno), quvvati 5 MVt gacha bo‘lgan gidroelektr stansiyalaridan o‘z ehtiyojlari uchun ishlab chiqarilgandan ortiqcha elektr energiyasini kafolatlangan tarzda sotib olish II guruh iste’molchilari uchun belgilangan tarifning 80 foizi miqdorida amalga oshiriladi.

Shuningdek, xususiy investorlar (tashabbuskorlar) quvvati 1 MVt gacha bo‘lgan quyosh, shamol, biogaz va quvvati 5 MVt gacha bo‘lgan gidroelektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasini shartnoma asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish huquqiga ega.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан