Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2030 yilgacha barcha irrigatsiya ob’yektlariga «Aqlli suv» nazorat qurilmalari o‘rnatiladi
13.07.2020 15:17,  
188

«O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida» Prezident Farmoni qabul qilindi (PF–6024-son, 10.07.2020 y.).

Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi tasdiqlandi.

Suv omborlari, sel-suv omborlari va boshqa suv xo‘jaligi ob’yektlarining xavfsizligini hamda ishonchli ishlashini ta’minlash Konsepsiyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.

Farmonga ko‘ra, 2030 yilga qadar quyidagi ko‘rsatkichlarga erishish nazarda tutilgan:

- sug‘orish tizimlarining foydali ish koeffitsiyentini 0,63 dan 0,73 gacha oshirish;

- suv ta’minoti past darajada bo‘lgan sug‘oriladigan yer maydonlarini 560 ming gektardan 190 ming gektargacha kamaytirish;

- sho‘rlangan sug‘oriladigan yer maydonlarini 226 ming gektarga kamaytirish;

- Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining yillik elektr energiyasi iste’molini 25 foizga kamaytirish;

- barcha irrigatsiya tizimi ob’yektlariga “Smart Water” («Aqlli suv») suv o‘lchash va nazorat qilish qurilmalari o‘rnatilib, suv hisobini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy etish;

- 100 ta yirik suv xo‘jaligi ob’yektlarida suvni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish;

- qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suvni tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan yerlarning umumiy maydonini 2 million gektargacha, shu jumladan, tomchilab sug‘orish texnologiyasini 600 ming gektargacha yetkazish;

- suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida 50 ta loyihani amalga oshirish.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан