Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






21 insonning umriga zomin bo‘lgan marafon ishtirokchisi fojia haqida so‘zlab berdi
24.05.2021 08:04,  
4136

21 sportchini hayotdan olib ketgan Xitoy ultramarafoni ishtirokchisi 23 may kuni musobaqa paytida ob-havo yomonlashib, kuchli shamol boshlangani va harorat keskin pasayganini so‘zlab berdi.

Oqibatda 170 ishtirokchidan 151 nafari evakuatsiya qilindi. Bedarak ketganlarni izlab topish uchun 700 dan ortiq qutqaruvchi jalb etildi. Tirik qolgan odam boshqa o‘nlab sportchilar bilan birga yordam kutib, kulbada jon saqlaganini ma’lum qildi.

«Bir vaqt barmoqlarimni his qilmay qo‘ydim. Bu hol tilimda ham kuzatildi — u muzlab qolgandi. Kurashni davom ettirishdan bosh tortishga qaror qildim», — deya omon qolgan sportchining so‘zlarini keltiradi «Tencent Sports».

Avvalroq 22 may, shanba kuni Xitoy shimoli-g‘arbida joylashgan Gansu provinsiyasida 100 kilometr masofaga yugurish paytida 21 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergandik.

Halok bo‘lganlar orasida xitoylik sportchi Lyan Szin ham bor. U Xitoyda o‘tkazilgan ultramarafon va boshqa musobaqalarning ko‘p marotaba g‘olibi sanaladi, shuningdek, 149,51 km (2014) va 151,2 km (2018) masofani bosib o‘tish bo‘yicha ikki marta milliy rekord o‘rnatgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан