Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






22 fevraldan beri ilk marta Lombardiyada hech kim koronavirusdan vafot etmadi
20.07.2020 10:26,  
202

O‘tgan kuni Italiyada uch kishi COVID-19 oqibatlaridan vafot etdi, shu bilan birga Lombardiyada kasallikning yangi qurboni aniqlanmadi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib RIA Novosti xabar bermoqda.

Bu 28 fevraldan beri eng past o‘lim ko‘rsatkichi sanaladi. O‘shanda mamlakatda to‘rt kishi COVID-19 dan vafot etgan. Ertasi kuni ularning soni sakkiz edi, 1 martda - beshta, shundan keyin vafot etayotganlar soni keskin o‘sishni boshladi.

Italiya shimolida joylashgan va asosiy shahri Milan bo‘lgan Lombardiya koronavirusdan eng ko‘p zarar ko‘rgan italyan viloyati hisoblanadi, u yerda 22 fevraldan beri nolinchi o‘limlar qayd etilmagan.

Pandemiya boshlangandan beri Italiyada 244,434 kishi koronavirusni yuqtirdi, bu raqam o‘tgan kuni 219 taga ko‘paydi. O‘tgan kuni 143 kishi, butun pandemiya davrida 196,949 bemor sog‘ayib ketishdi.

Kasallikdan vafot etganlarning umumiy soni 35,045 ga etdi. Bugungi kunda 12,440 kishi COVID-19 bilan kasallangan deb hisoblanadi, ularning 90 foizdan ko‘prog‘i yengil alomatlar bilan yoki ularsiz uy sharoitidagi karantinda. 49 nafar bemor reanimatsiya bo‘limida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан