Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






22 yoshli yigit “Tashkent city” ishchilari tomonidan kaltaklandi
5.03.2021 09:32,  
1354

Intrenet tarmog‘ida 16 fevral kuni tungi vaqtda “Tashkent city” hududida 22 yoshli Izzatullo F.ga shu yerda ishlaydigan Umid va boshqalar tomonidan “o‘ta og‘ir darajada” tan jarohati yetkazilganligi haqida xabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni ma’lum qildi:

"16 fevral kuni taxminan soat 22.30 larda, «Tashkent city» saylgohi hududida, shu yerda bog‘bon bo‘lib ishlovchilar  20 yoshli Umid A. va 22 yoshli Izzatullo F. o‘zaro janjallashib qolgan, natijada Umid A. Izzatullo F.ga tan jarohati yetkazgan. Sud-tibbiy ekspretiza xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchiga yetkazilgan tan jarohatlari og‘irlik darajasiga ko‘ra o‘rtacha og‘ir jarohatlar deb baholangan. Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismi (“Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 20 yoshli Umid A. jinoyat ishida gumon qilinuvchi sifatida jalb etilgan. Tergov davom etmoqda", - deyiladi xabarda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан