Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






2245 ta maktabda sport zali mavjud emas — Xalq ta’limi vazirligi
16.12.2021 15:52,  
62

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda blogerlar tomonidan maktablarda sport zallari yo‘qligi masalasi ko‘tarilib, unda Xalq ta’limi vazirligi ushbu muammodan bexabarligi aytilmoqda. 

Mazkur xabarlar yuzasidan Xalq ta’limi vazirligi munosabat bildirdi. Ta’kidlanishicha, maktablardagi sport zallari bilan bog‘liq muammolar Xalq ta’limi vazirligiga yaxshi ma’lum.

"Qayd etish joizki, so‘nggi yillarda ushbu yo‘nalishda mavjud muammolarni hal etish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilgan bo‘lib, bugungi kunda ajratilayotgan mablag‘lar doirasida bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda. Buni quyidagi raqamlardan ham ko‘rish mumkin: 2017-2021 yillarda jami 296 ta sport zallari yangidan qurilgan bo‘lsa, 604 ta mavjud sport zallar ta’mirdan chiqarilgan.  

Biroq shunga qaramay, bugungi kunda Respublikada mavjud 10130 ta umumta’lim maktablaridan 7885 tasida (78 foiz) sport zallari mavjud, qolgan 2245 ta maktabda sport zallari umuman mavjud emas. Mavjud sport zallaridan 358 tasi rekonstruksiyaga va 2078 tasi mukammal ta’mirga muhtoj.  

Maktablarda sport zallari bilan bog‘liq muammolar haqida avval ham Xalq ta’limi vazirligi bir necha bor ma’lumot bergan.  

Xabaringiz bor Davlatimiz rahbari o‘z saylov oldi dasturida ta’lim sohasida amalga oshiriladigan ishlarni eng muhim ishlar sirasiga kiritar ekan, kelgusi yillarda eng katta harakat – maktab, maktab, yana bir marta maktab bo‘lishini, maktab rivojlansa, hamma soha bo‘yicha rivojlanish bo‘lishi hamda kelgusi besh yilda qo‘shimcha 1,2 million o‘quvchi o‘rni yaratish uchun, maktablar rekonstruksiya qilinib, yangidan barpo etilishini qayd etgan edi.

Hukumatning tegishli topshirig‘iga ko‘ra, hududlardagi holatni manzilli o‘rganish maqsadida turli vazirlik va idoralar vakillaridan iborat Ishchi guruhlar tashkil etilib va ular tomonidan bugungi kunda Respublikaning barcha hududlarda mavjud talablar o‘rganilmoqda. Ushbu jarayonda maktablarga sport zallari ham qurilishi rejalashtirilgan", - deyiladi vazirlik Matbuot xizmati taqdim etgan munosabatda. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан