Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi mezbonligi O‘zbekistonga berildi
19.03.2021 08:55,  
147

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) 2022 yilgi U-23 Osiyo chempionati O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. OFK tegishli tashkiloti xuddi shunday qaror qabul qilganini rasman bildirdi.

Ushbu musobaqa ilk bor Markaziy Osiyo mintaqasida o‘tkazilmoqda. Nufuzli musobaqa 2022 yilning 6 — 25 sentyabr kunlari tashkil etiladi.

U-23 Osiyo chempionati saralash bahslari 2021 yilning 23-31 oktyabr kunlari oralig‘ida markazlashgan holda o‘tkaziladi. Qaysi guruh o‘yinlari qaysi davlatda o‘tishi keyinroq ma’lum qilinadi.

O‘zbekiston 2020 yilgi U-19 Osiyo chempionatini o‘tkazishi kerak edi va unga tayyorgarlik ko‘rayotgandi. Pandemiya tufayli ushbu musobaqa bekor qilindi.

Bundan tashqari, pandemiya tufayli joriy yil Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati ham bekor qilingan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан