Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






23 yoshli MMA chempioni Muslim Omonov pichoqbozlik oqibatida vafot etdi
11.09.2019 17:10,  
97

10 sentyabrdan 11 sentyabrga o‘tar kechasi, soat 00:50 larda Yunusobod tumanida joylashgan kafelardan birida yoshlar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Yoshlar muammoni hal qilish uchun Shayxontohur tumanigacha borishgan va olishuv boshlangan.

Olishuv natijasida 3 kishi jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan. Ular orasidagi 23 yoshli Muslim Omonov vrachlarning sa’y-harakatiga qaramasdan, vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Ushbu fakt yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi “d” bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Janjal qatnashchilari aniqlangan. Tergov davom etmoqda.

Muslim Omonov — MMA professional kurashchisi, MS kikboksing bo‘yicha 7 karra O‘zbekiston, K1 MS bo‘yicha jahon, 77 kg gacha MMA kurashi bo‘yicha Osiyo chempioni.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil avgustida yanan bir MMA chempioni Jamshid Kenjayev ham tungi klubda pichoqlangan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан